AsosiyJamiyat

Xorijdagi O`zbekiston fuqarolari mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida hisobda turadi

'Xorijdagi O`zbekiston fuqarolari mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida hisobda turadi'ning rasmi

2020 yilning 10 fevralidan «Xorijda bo`lgan (bo`lib turgan) O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning konsullik ro`yxatini yuritish tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma» kuchga kirdi (Adliya vazirligida 3218 raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan).

Ushbu Yo`riqnomaga muvofiq, chet elda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan o`tish uchun http://consulate.mfa.uz/ veb-portali orqali masofadan interaktiv konsullik xizmatidan foydalanishlari mumkin. Ayni paytda ushbu internet-resurs sinov rejimida ishga tushirilgan.

Vaqtinchalik va doimiy konsullik hisobiga olish bo`yicha interaktiv xizmat dasturiy tizimi texnik sinovdan o`tkazilgandan keyin qisqa vaqt ichida o`rnatiladi va yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, vazirlik boshqa konsullik xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv asosga o`tkazish ustida ish olib bormoqda. Bu haqida hamyurtlarimizga o`z vaqtida ma`lum qilinadi. 

 

    Boshqa yangiliklar