AsosiyJamiyat

2020 yil boshidan Toshkent viloyatida avtoradarlar 40 mingdan ortiq qoidabuzarlikni aniqladi

'2020 yil boshidan Toshkent viloyatida avtoradarlar 40 mingdan ortiq qoidabuzarlikni aniqladi'ning rasmi

Toshkent viloyatida yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, yo`l-transport hodisalarining oldini olish, ayniqsa tezlikni belgilangan me`yoridan oshirish oqibatida sodir bo`layotgan yo`l transport hodisalarini oldini olish maqsadida  zamonaviy, onlayn rejimida ishlovchi avtomashinaga o`rnatilgan radarlar faoliyat yuritmoqda. 

Joriy yilning 1 yanvaridan  hozirgi kunga qadar viloyat hududida ushbu avtoradarlar orqali jami 40120 ta tezlikni me`yoridan oshirish holati aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Ularga nisbatan tegishli tartibda qarorlar chiqarilib, qaror nushalari “O`zbekiston pochtasi” ning ma`lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga jo`natildi.

Shuni eslatib o`tish kerakki, mazkur avtoradarlar tashqi oldi qismiga harakatda, shuningdek, stasionar tartibda ishlashga moslashtirilgan, Germaniyada ishlab chiqarilgan fotoradar kompleksi joylashtirilgan. Avtomobil saloniga esa 16 megapikselli foto kamera o`rnatilgan. Bu kompleks 1 tadan 6 tagacha harakat bo`laklari bo`lgan yo`llarda yo`nalish bo`ylab, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanayotgan va belgilangan tezlik talablarini buzgan transport vositalarining qoidabuzarligini avtomatik tarzda qayd etadi. Kompleks tarkibiga kiruvchi va avtomobilning oldi qismiga o`rnatilgan maxsus chiroq qorong`u va etarlicha ko`rinmaslik sharoitida avtomobil davlat raqam belgilarini tanib olishga yordam beradi.

Radar kompleksi soatiga 10 kilometrdan boshlab 250 kilometrgacha bo`lgan tezlik qoidabuzarligini 100 metr masofadan qayd etish imkoniyatiga ega.

 

    Boshqa yangiliklar