AsosiyJamiyat

Farg`onada Janubiy Koreyaga jo`natish uchun 3400 dollar olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Farg`onada Janubiy Koreyaga jo`natish uchun 3400 dollar olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Farg`ona shaharda yashovchi 21 yoshli N.N. 2019 yilning oktyabr oyida Farg`ona shahrida yashovchi 22 yoshli B.M., uni Janubiy Koreyaga ishlash uchun jo`natishini aytib, Farg`ona shahrida jami bo`lib 3.400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olganligini, biroq hozirgi kunga qadar ishga jo`natmay olgan pullarini qaytarmayotganligini bildirib, B.M.,ga nibatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur ariza yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazish va qonuniy qaror qabul qilish uchun Farg`ona shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi tergov bo`linmasiga yuborilgan.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Farg`ona viloyati IIB axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar