Buxoroda 5 oy muqaddam O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh urg`ochi jayronlarni ovlagan Qorako`l tuman fuqarolariga so`ngi sud hukmi o`qilgani borasidagi ma`lumotlar ijtimoiy tarmoqlar hamda telekanallar dasturlari orqali namoyish qilingan edi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Bundan maqsad esa fuqarolarimizning ushbu qonunbuzarlikni sodir etishdan ogohlantirish edi. Afsuski shunga qaramay, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko`ra, viloyatning Olot tumani cho`l hududlaridan qo`shni Qashqadaryo viloyatining ikki fuqarosi nafs yo`lida ikki bosh erkak jayron hamda 1 bosh yovvoyi quyonni vahshiylarcha otganligi Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo`lim mutaxassislari hamda Olot tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ushlanib, ularning ovni davom ettirishlariga chek quyildi.
Holat yuzasidan brakon`er fuqarolarga nisbatan boshqarma mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Olot tumani IIBga topshirildi






