AsosiyJinoyat

Zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirish rejasi naf bermadi

'Zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirish rejasi naf bermadi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro R.M. o`rnatilgan tartibda shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojsiz olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan umumiy qiymati 24 million so`mlik 131 dona tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar