AsosiyJamiyat

Dang`arada yonib ketgan “Neksiya” haqida ma`lumot berildi

'Dang`arada yonib ketgan “Neksiya” haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 17 fevral kuni internet ijtimoiy tarmog`ining bir necha kanallarida “Dang`arada Neksiya yonib ketdi” sarlavhasi ostida videotasvir e`lon qilingan edi.  

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan ushbu holat bo`yicha ma`lumot berildi. Unga ko`ra, joriy yilning 16 fevral kuni soat 16:58da Farg`ona viloyati, Dang`ara tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra soat 16:55 lar atrofida Farg`ona viloyati, Dang`ara tumani, Toshkent ko`chasida joylashgan transport vositalari ustaxonasi oldida, 1985 yilda tug`ilgan fuqaro B.S.ga tegishli “Neksiya” rusumli transport vositasining dvigatel qismidan yong`in chiqqan.  

Yong`in qisqa vaqt ichida fuqarolar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar