2019 yil iyun oyida 50 yoshli M.M., 44 yoshli G.T.,ning (ayol) ishonchiga kirib, 52.860.000 so`mlik ayollar kiyimlarini sotib pullarini qaytarib berishni aytib, ushbu mollarni sotib yuborgan, bundan tashqari G.T.,ning ishonchiga yana bir bor kirib undan jami 19.510.000 so`mlik oyoq kiyimlarini olib, tez kunda sotib pullarini ham qilib berishini aytib, mollarni sotib yuborib, aldab shu kunga qadar pullarni bermay G.T.,ga jami 72.370.000 so`m miqdorda moddiy zarar etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






