AsosiyJinoyat

Qo`lbola usulda tayyorlangan o`qotar qurolni sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Qo`lbola usulda tayyorlangan o`qotar qurolni sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

31 yanvar kuni Termiz shahri bo`yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o`tkazilgan maxsus tadbir jarayonida, Termiz tumanida yashovchi 39 yoshli R.S. qo`lbola usulda o`zi yasagan o`qotar qurol va 12 dona patronlarni jami 1.750.000 so`m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan va undan qurol va patronlar ashyoviy dalil tarqasida rasmiylashtirib olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, olib qo`yilgan qo`lbola qurol va patronlar jangovor holatda otish uchun yaroqli ekanligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo`yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, R.S.,ga nisbatan ayblov e`lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar