Andijonda kollej o`qituvchilari 500 AQSh dollari olayotganda ushlandi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Unda, Andijon 2-maishiy xizmat ko`rsatish kasb-hunar va Andijon ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji o`qituvchilari G.A va Z.Q.lar fuqaro M.ga o`rta-maxsus ma`lumotni beruvchi kollejni tamomlaganligi haqidagi diplomni o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan G.A. va Z.Q.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.