AsosiyJamiyat

Toshkent - Andijon yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi poezdi to`xtadi

'Toshkent - Andijon yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi poezdi to`xtadi'ning rasmi

2020 yilning 18 fevral kuni soat 18:34 da №62-sonli Toshkent - Andijon yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi poezdi texnik sababga ko`ra, Aqcha - Abliq peregonida to`xtadi. Bu haqda «O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ xabar berdi.

Ko`rilgan chora tadbirlar natijasida soat 19:55 dan boshlab mazkur poezd yo`nalishi bo`ylab harakatini davom ettirmoqda.

«O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ ma`muriyati noqulaylik uchun barcha poezd yo`lovchilardan uzr so`radi.

 

    Boshqa yangiliklar