AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda ko`knori sotuvchisi ushlandi

'Qashqadaryoda ko`knori sotuvchisi ushlandi'ning rasmi

2020 yilning 15 fevral kuni taxminan soat 11:00 larda Qarshi tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 53 yoshli A.E. o`zi ishlayotgan joylashgan xususiy korxonaning ovqatlanish xonasida hamkasbi 54 yoshli B.X.,ga yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan sof og`irligi 32 gr. ko`knori giyohvandlik vositasini 100.000 so`mga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

 O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, shaxsiy tintuv vaqtida A.E.ning yonidan bir dona qora rangli polietilen paketga solingan yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan holatdagi sof og`irligi 94,2 gramm ko`knori giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.E.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko`p miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar