AsosiyJamiyat

Shayxontohur tumanidagi xonadonlardan birida yuz bergan janjalda fuqaro Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati etkazdi

'Shayxontohur tumanidagi xonadonlardan birida yuz bergan janjalda fuqaro Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati etkazdi'ning rasmi

14 fevral kuni soat 23.00 da Shayxontohur tumani navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, "Shodlik" mahallasidagi xonadonlardan birida janjal kelib chiqqan. 

Voqea joyiga PPX va Milliy gvardiya xodimlari etib borishdi. Xodimlar mast holatda qo`lida pichoq ushlab turgan erkakni tinchlantirmoqchi bo`lganlarida, u Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati etkazgan.

Ular 25 yoshli Botirjon Abdulazizovni qo`lga olib, Shayxontohur tumani IIO FMB 8-son IIBga holatni atroflicha o`rganish va qonuniy chora ko`rish uchun olib borishdi. Botirjon Abdulazizov muqaddam sudlangani aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar