2020 yilning 19 fevral kuni, Toshkent shaxri xududida “Tavxid va jixod katibasi” (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo`lgan bir gurux tarafdorlari va a`zolarining faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, mazkur shaxslar xozirda Suriyada xalqaro terroristik tashkiloti TJK safida faoliyat yuritayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi 1996 yilda Toshkent shaxrida tug`ilgan A.Shodibekovning g`oyaviy ta`siriga tushib, uning jinoiy faoliyatiga yaqindan qo`mak berish maqsadida moddiy tomondan yordam ko`rsatib, TJK tarkibiga borib ko`shilishni rejalashtirib kelganlar.
Yuqoridagilarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-moddasi 1-qismiga (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o`quvdan o`tish) asosan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt xududidagi 18 ta manzilda tintuv tadbirlari o`tkazilib, 21 nafar shaxslar qo`lga olindi.
Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo`lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi. Xozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Ma`lumot tariqasida, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti faoliyati O`zbekiston Respublikasi xududida ta`qiqlangan tashkilotlar ro`yxatiga kiritilgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Fuqarolar, ayniqsa yoshlarni ogoxlantirib, bu kabi qonun buzulishlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida, ijtimoiy tarmoqlarning shubxali saytlaridagi da`vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga taxdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so`raydi.