AsosiyJamiyat

"Prava" olish uchun avtomaktabda o`qish majburiyligini bekor qilish taklif etilmoqda

'"Prava" olish uchun avtomaktabda o`qish majburiyligini bekor qilish taklif etilmoqda'ning rasmi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o`qish majburiyligini bekor qilish taklif etilyapti.

Avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi guvohnoma olish uchun avtomaktablarda o`qish majburiyligini bekor qilishni taklif qilaman. Avtomaktablarda o`qitishdan maqsad nima? Yo`l harakati qoidalarini o`rgatishmi, buni mustaqil o`qib-o`rganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni o`rganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham o`rganish mumkin. Hozirda maktablar o`qitish xizmati uchun 2-3 million so`raydi. Maqsad pul to`lashmi, bu pulni o`z qarindoshimizga bersak ham bo`ladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi. Shunday ekan, IIB YXXBda imtixon topshirish uchun to`lovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtixondan o`tganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvoxnomasi topshirilishi etarli bo`ladi. Men avtomaktablarni qat`iy berkitish tarafdori emasman, balki avtomaktablarda o`qishni ixtiyoriy qilib, avtomaktablarda o`qimaganlar ham, o`z malakalariga ishonishsa, YHXB xuzurida imtixon topshirishlariga ruxsat berilishini taklif qilaman. Bu taklifimni tegishli vakolatli organlar tasdiqlashlari jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo`shadi. Chunki jamiyatni taraqqiy ettiruvchi kuch – bu avtotransport sohasidir. Chunki ishlab chiqarish va savdo tizimi yaxshi bo`lishi uchun, avvalo, transport tizimi yaxshi rivojlangan bo`lishi talab qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o`qish majburiyligini bekor qilishni taklif qilamiz.

    Boshqa yangiliklar