AsosiyJamiyat

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga xorijdan qaytgan 3 mingga yaqin o`zbek talabasi hujjat topshirdi

'Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga xorijdan qaytgan 3 mingga yaqin o`zbek talabasi hujjat topshirdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, qo`shni davlatlarda tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati 2020 yil 15 martga qadar uzaytirildi.
 

Mazkur masala bo`yicha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida tashkil etilgan viloyat Hududiy ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 18 fevral kuniga qadar qabul qilingan jami arizalar soni 2719 tani tashkil etdi.

Ariza beruvchilarning 1854 nafari Qozog`iston, 94 nafari Qirg`iziston va 771 nafari Tojikiston respublikalaridan o`qishini mamlakatimizdagi oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish istagini bildirgan.

 

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar