AsosiyJamiyat

Toshkent vokzalida koronavirus kirib kelishining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik mashg`ulot bo`lib o`tdi

'Toshkent vokzalida koronavirus kirib kelishining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik mashg`ulot bo`lib o`tdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Shimoliy vokzali hududida “Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda tegishli xizmatlarning hamkorligidagi harakatlar” mavzusida maxsus-taktik amaliy mashg`ulot bo`lib o`tdi.

Mashg`ulot 2020 yilning 19 fevral kuni Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya agentligi hamda tegishli tashkilot xodimlari hamkorligida o`tkazildi.

Mashg`ulotda barcha tegishli tashkilotlar tomonidan o`zlarining ushbu turdagi virusning tarqalishini oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlari ishlab chiqilganligini hamda amaliy  xarakatlarini ko`rsatib berishdi. 

Ishtirokchilar tadbir davomida o`zlarining qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar.

    Boshqa yangiliklar