AsosiyJinoyat

Arnasoyda er turmush o`rtog`ini kaltaklab o`ldirdi

'Arnasoyda er turmush o`rtog`ini kaltaklab o`ldirdi'ning rasmi

Arnasoy tumani  “Cho`lquvar” QFY, U.Yusupov ko`chasida yashovchi fuqaro J.G`. 2020 yil 13 fevral kuni soat taxminan 22:30 larda o`zining xonadonida turmush o`rtog`i S.U. bilan kelib chiqqan oilaviy janjal oqibatida uni kaltaklab o`ldirdi. 

Janjal vaqtida er o`tkir tig`li jism bilan ayolining orqa miya ensa qismiga 2 marta, chap qovurg`asiga 1 marta, orqa elka qo`ltiqning pastki qismiga 2 marta, pastki umurtqasiga yaqin joyiga 1 marta, iyak qismiga 1 marta, chap qo`l o`rta barmoqning birinchi bo`g`iniga 1 marta tan jarohatlari etkazgan. S.U olgan tan jarohatlari tufayli tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Arnasoy tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar