11-fevral kuni soat 11.20 da Olmazor tumanida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 55 yoshli Jumanazar K.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomobil eshiklarini buzib ochib, yukxonadan 25.000.000 so`m o`g`irlagan 39 yoshli Davlatbek R. va 32 yoshli Sanjar Sh.lar qo`lga olindilar. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi.






