Koronavirus bilan bog`liq xabarlarni eshitaverib, ko`nikib qoldikmi yoki sal esimizdan chiqdimi, biroz xavotirimiz chekindi. Lekin Xitoyda vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda.
Masalan, Xubey provinsiyasida yangi turdagi virusni yuqtirganlar soni 58 mingdan oshdi. Qurbonlar esa 1696 kishiga etdi. Ushbu kasallikka chalinganlardan 6639 nafari tuzalgan.
Tahlillarga ko`ra, hududda o`lim holati avvalgi kundagi 2,83 foizdan 2,91 foizga ko`tarilgan. Koronavirus o`chog`i sanalgan Xubeyning ma`muriy markazi Uxanda 41,1 ming kishi xavfli virusni yuqtirgan. Keyingi o`rinlarda Syaogan (3,2 ming )va Xuangan ( 2,8 ming) turibdi.
Shifokorlarning aytishicha, Xubeyda 8 mingdan ortiq odamning ahvoli og`ir. 17 mingdan ziyod kishining holati o`ta jiddiy. Mutaxassislar 71,6 ming kishini tibbiy kuzatuvga olishgan.