AsosiyJamiyat

Buxoroda YPX inspektoriga qo`l ko`targan haydovchi qamoqqa olindi

'Buxoroda YPX inspektoriga qo`l ko`targan haydovchi qamoqqa olindi'ning rasmi

Buxoroda ham yo`l harakati qoidasini buzgan, ham jinoiy harakat sodir etgan shaxs javobgarlikka tortildi, deya ma`lum qildi viloyat IIB Axborot xizmati

2020 yil 06 fevral kuni soat 16:30 da Buxoro viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati otryadi 1-safarbar guruhi yo`l-patrul xizmati katta inspektori katta serjant Qurbonov Vasil Valievich tasdiqlangan dislokasiyaga asosan Buxoro shahrida joylashgan “Markaziy dehqon bozori” hududidan o`tgan M-37 avtomobil yo`lida yo`l transport hodisalarining oldini olish bo`yicha xizmat olib borgan. katta serjant Qurbonov xizmatni o`tash jarayonida, Buxoro shahri Afrosiyob ko`chasidan Qizilqum ko`chasi tomon harakatlanib kelayotgan, Buxoro tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan fuqaro Ne`matov Tolib Temirovich boshqaruvidagi “Niva” rusumli, 80 535 EVA davlat raqam belgili avtomashinani dastlab piyodalar o`tish yo`lagidan o`tayotgan piyodalarga yo`l bermasdan harakatni davom ettirganligi, shuningdek, Afrosiyob va Qizilqum ko`chalari kesishmasidagi chorrahadan svetoforning qizil chirog`iga amal qilmay burilib olganligi sababli jezl tayoqchasi bilan to`xtatgan.

Haydovchi T.Ne`matov avtomashinani yo`lning o`ng tomon chekkasida to`xtatib, avtomashinadan tushib qochishga harakat qilgan. Haydovchining spirtli ichimlik iste`mol qilgan mast holatda avtomashinani boshqarib kelayotganlikda gumon qilgan katta serjant V.Qurbonov uning ortida borgan vaqtda, haydovchi T.Ne`matov qo`l mushti bilan katta serjant V.Qurbonovning yuz va ko`z sohasiga bir marotaba urib tan jarohati etkazgan va hodisa joyidan yashirinishga uringan. Biroq, shu erda xizmat olib borayotgan yo`l patrul xizmati xodimlari tomonidan T.Ne`matov voqea joyida ushlangan.

Katta serjant Vasil Qurbonov tibbiy ko`rikdan o`tkazilganda unda “Yuzi o`ng qismi yumshoq to`qimalarining lat eyishi, o`ng ko`z olmasi kontuziyasi bosh miya chayqalishi” bilan kechuvchi tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.

Fuqaro T.Ne`matov narkologik tekshiruvdan o`tkazilganda “Alkogoldan mastlik holati”da ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Ne`matov Tolib Temurovichga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llaganilgan.

Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar