“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Hokimlarning telekanallar orqali xalqqa hisob berishi taklif etilmoqda.
Taklif muallifining fikriga ko`ra, viloyat va tuman (shahar) hokimlari tele va radiokanallar orqali aholiga har chorakda hisobot taqdim etib borsa, bu orqali jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi, eng kamida efir vaqtida murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etiladi. Bu esa xalq bilan samarali muloqot tashkil etilishi, ularga islohotlar mazmuni to`g`ridan-to`g`ri rahbarlar orqali etkazilishi hamda rahbar xodimlar, hokimlarning mas`uliyati ortishiga xizmat qilishi ta`kidlanmoqda.
-Shu sababli, viloyat va tuman (shahar) hokimlarining tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda to`g`ridan-to`g`ri hisobot taqdim etib borish amaliyotini joriy etishni taklif qilaman, deyiladi murojaatda.
Ushbu taklif inobatga olinishi uchun 10 mingta ovoz to`plashi kerak. Murojaat kerakli ovozni to`plashi uchun yana 88 kun portalda turadi. Ayni paytda 2000 mingdan ortik ovoz to`plab ulgirdi.






