Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazdi.
Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, Andijon davlat universiteti dosenti L.R., fuqarolar M.M. va F.A.larning ishonchiga kirib, ularni aldab Qirg`iziston Respublikasidagi universitetda o`qiyotganligi haqida soxta ma`lumotnomalarni tayyorlagan. Andijon davlat universitetining Sport va Chizmachilik fakultetlariga o`qishni ko`chirib o`tkazib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan L.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






