Amudaryo tumani bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda To`lqin OFY hududida o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lbola alkogol mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Xabarda ma`lum qilinishicha, Amudaryo tumani fuqarosi K.M. qo`lbola usulda tayyorlagan 2986 shisha alkogol mahsulotlarini fuqaro M.K.ga 4 600 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan. Undan 2986 shisha alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida tortib olingan.
Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.