AsosiyJamiyat

Namanganda Bandlikka ko`maklashish markazi mutasaddilari nega odamlarni kuttirgani ma`lum qilindi

'Namanganda Bandlikka ko`maklashish markazi mutasaddilari nega odamlarni kuttirgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati Pop tumani Bandlikka ko`maklashish markazi mutasaddilari joriy yil 17 fevral kuni soat 8 dan 10.30gacha yig`ilish qilib markazga murojaat qilgan odamlarni kuttirgani yuzasidan xabar tarqaldi. 

Olib borilgan o`rganishlar natijasida 2020 yil 17 fevral kuni Pop tumani ABKM mutasaddilari soat 9.00dan 10.00gacha markazga murojaat qilgan fuqarolarga xizmat ko`rsatgani aniqlandi. 10.00da tezkor yig`ilish o`tkazish belgilangan va u 10.20 gacha davom etgan. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Tushunmovchilik sabab ikkinchi qavat eshigi o`rniga kirish eshigi yopilgan.

Pop tumani Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktoriga ish faoliyatida yo`l qo`ygan kamchiligi sabab intizomiy jazo qo`llanildi. 

    Boshqa yangiliklar