AsosiyJamiyat

"O`zbekkino" ssenariylar tanlovini e`lon qiladi

'"O`zbekkino" ssenariylar tanlovini e`lon qiladi'ning rasmi

“O`zbekkino” Milliy agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining    2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3176-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi “Milliy kinoindustriyani  rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan 2020 yilda  30 ta badiiy, 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, 30 ta multiplikasion, 10 soatli qisqa metrajli va yumoristik kinojurnal ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Mazkur reja bo`yicha Agentlik iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, san`at, fan, ta`lim hamda ijtiomiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy granti asosida milliy filmlar ishlab chiqarish uchun ustuvor mavzular ro`yxatini e`lon qiladi.

Badiiy, badiiy-publisistik filmlar va kinoseriallar uchun ustuvor mavzular:

I. TARIXIY MAVZUDA

  1. Islom olamida Qur`oni karimdan keyin eng mo``tabar manba hisoblangan sahih hadislar to`plamini tuzgan buyuk vatandoshimiz, Imom Abu Ismoil Muhammad Buxoriy (810 - 870)ning ilm yo`lida chekkan mashaqqatlari, yoshlarga ibrat bo`ladigan hayot yo`li haqida;
  2. Buyuk sarkarda va fotih jahongir, Temuriylar davlatining asoschisi Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)ning hayot yo`li, xalqni mo`g`ul istibdodidan ozod qilish yo`lidagi fidoiyliklari, shaxsiyati va qahramonliklari haqida;
  3. Hindistonda buyuk saltanatga asos solgan temuriyzoda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur (1483- 1530)ning biografik asari ­– “Boburnoma” hamda o`zbek va jahon yozuvchilarining u haqda yozgan badiiy asarlari hamda boshqa tarixiy manbalar asosida yaratilishi mo`ljallangan film;
  4. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida keltirilgan hikoyatlar hamda shoirning hayotiga oid biografik ma`lumotlar asosida badiiy film;
  5. Buyuk sohibqiron Amir Temurning nabirasi, astronom olim shoh, Mirzo Ulug`bekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi badiiy film;
  6. Turkistondagi jadidchilik harakati va jadid ma`rifatparvarlarining faoliyati Mahmudxo`ja Behbudiy hayoti va mushohadalari asnosida yoritib beriladi(Film Mahmudxo`ja Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag`ishlanadi);
  7. Qoraqalpoq xalq qahramonlik eposi “Qirqqiz” dostoni asosida yaratiladi;
  8. XX asr o`zbek madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan yozuvchi va shoir, akademik Muso Toshmuhammad o`g`li Oybekning shaxsiyati, hayot yo`li hamda birinchi o`zbek kimyogar olimasi Zarifa Saidnosirovaga bo`lgan pok muhabbati haqida;
  9. Ikkinchi jahon urushi davrida frontda va front ortida qahramonlik namunalarini namoyish etgan yurtimiz vakillarining jasorati haqida hikoya qiluvchi badiiy film.

 

II. ZAMONAVIY MAVZUDA

 

  1. O`qituvchining jamiyatdagi o`rni, mashaqqatli mehnati, uning obro`-e`tiborini yuksaltirishga qaratilgan badiiy film;
  2. Xalqaro musobaqalarda O`zbekiston bayrog`ini baland ko`tarib, yuksak marralarga erishayotgan sportchilarimizning matonati va ibratga sazovor xislatlari haqida;
  3. Bir o`zbek olimining hayoti misolida olimlarning mashaqqatli faoliyati haqida hikoya qiluvchi badiiy film;
  4. Huquq-tartibot va adliya organlari xodimlarining kuchli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishda qonun ustuvorligini ta`minlash yo`lidagi faoliyatini yorituvchi film;
  5. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining faoliyati haqida;
  6. O`zbek oilasidagi o`ziga xos qadriyatlar, ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi muammolar, yosh oilalarda tez-tez uchrab turadigan kelishmovchiliklarning sabab va oqibatlari to`g`risida hikoya qiluvchi film;
  7. O`zbekistondagi turli millat va elatlarning o`zaro totuvlikda yashayotgan vakillarining hayoti va faoliyati haqida;
  8. O`zbek san`ati va madaniyatining rivoji hamda olamga tanilishi uchun o`z umrini bag`ishlagan madaniyat va san`at xodimlari haqida;
  9. Qishloq xo`jaligi sohasida mehnat qilib, aholining farovonligiga munosib hissa qo`shib kelayotgan fermer zamondoshlarimiz haqida;
  10. Oilaviy hayot va ajrimlar haqida hikoya qiluvchi film;
  11. Mamlakatimizning elektr energiyasi mustaqilligiga erishi yo`lida qurilayotgan      GESlar bunyodkorlari haqida;
  12. Bolalar va o`spirinlarning jo`shqin va beg`ubor olamini yoritib beruvchi badiiy film;
  13. El xavfsizligi yo`lida fidoyilarcha xizmat qilayotgan favqulodda vaziyatlar idoralari xodimlari haqida;
  14. Milliy kurash pahlavonlari, kurash falsafasining mohiyatini ochib beruvchi badiiy film;
  15. Vatanimiz himoyasida kecha-yu kunduz ko`ksini qalqon qilib turgan harbiylar va harbiy uchuvchilarning hayoti haqida;
  16. Respublikamizni katta qurilish maydoniga aylantirgan bunyodkor quruvchilarning hayoti haqida;
  17. Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mamlakat yoshlarining qiziqishlari va muammolari haqida;
  18. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar harakati haqida;
  19. O`rmon xo`jaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan inosnlar hayoti va ularning mashaqqatli faoliyati haqida hikoya qiluvchi badiiy film;
  20. Sarguzasht badiiy filmlar;
  21. Komediya janrida suratga olinadigan badiiy filmlar;
  22. Imkoniyati cheklangan insonlarning jamiyatda o`z o`rnini topishi haqidagi hikoyalar o`rin olgan badiiy filmlar;
  23. Xalqaro hamkorlik doirasida turizm salohiyatini yuksaltirish uchun Indoneziya va Malayziya kino bozoriga mo`ljallangan hamda Qozog`iston, Polsha, Turkiya, Ozarbayjon kinoijodkorlari bilan birgalikda badiiy film yaratish.

    Boshqa yangiliklar