«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Navro`z bayrami munosabati bilan respublika bo`yicha barcha qatnovlarga 50% gacha chegirmalar e`lon qildi. Chegirmalar 21 martdan 23 martgacha quyidagilarga amal qiladi:
- individual yo`lovchilar uchun – 30%;
- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), o`quvchilar, talabalar va O`zR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta`lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o`quvchilari uchun – 40%;
- oila uchun (2 yoki undan ko`p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo`lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;
- nafaqaxo`rlar va nogironlar uchun – 50%;
- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, Ikkinchi jahon urushi davridagi mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;
- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun – 50%.
Chegirmalar nafaqat O`zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etiladi.






