Xabaringiz bor, sal avval o`zbekistonlik ayol Moskva metrosida yangi tug`ilgan chaqalog`ini tashlab ketgani aniqlangan edi.
Ayni paytda mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo`limi O`zbekiston fuqarosi M.K. qo`lga olingani to`g`risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi, deya ma`lum qildi TIV. U farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan edi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o`tkazilmoqda.
Elchixona mazkur vaziyatni 2020 yil 14 fevraldan buyon nazoratiga olgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o`rnatgan. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o`tadiki, Rossiyaning Markaziy Federal okrugi hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20






