AsosiyJamiyat

Rossiyada o`tgan oy YTHga uchragan o`zbekistonlik komadan chiqmay vafot etdi

'Rossiyada o`tgan oy YTHga uchragan o`zbekistonlik komadan chiqmay vafot etdi'ning rasmi

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2020-yil 30-yanvar kuni Xabarovsk o`lkasida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasidan so`ng Xabarovsk shahri kasalaxonasiga joylashtirilgan O`zbekiston fuqarosi S.F. komadan chiqmay 14-fevral kuni kasalxonada vafot etganini ma`lum qiladi.

Mazkur vaziyat Bosh konsulxonaning doimiy nazoratida bo`lgan. Hozirgi vaqtda O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi hamda eslatib o`tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o`lkasi, Magadan viloyati, Primore o`lkasi, Saxa Respublikasi – Yoqutiston, Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o`lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin:

 +7-423-260-48-00,

 +7-951-018-70-07.

    Boshqa yangiliklar