AsosiyJinoyat

Farg`onada noqonuniy ravishda olib chiqishga urinilgan katta miqdordagi chet el valyutasi to`xtatib qolindi

'Farg`onada noqonuniy ravishda olib chiqishga urinilgan katta miqdordagi chet el valyutasi to`xtatib qolindi'ning rasmi

DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari yirik miqdordagi chet el valyutasini mamlakatimiz hududidan olib chiqib ketilishining oldini olishdi.  

Joriy yilning 9 fevral kuni Farg`ona viloyati Quvasoy tumanidagi chegaraoldi hududida o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida mamlakatimizdan qo`shni davlatga noqonuniy ravishda olib chiqishga urinilgan jami  499 366 AQSh dollari miqdordagi chet el valyutasi to`xtatib qolindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar