O`zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti. Bu haqda bosh vazir o`rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
«So`nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O`zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo`lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o`qidim. O`ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko`zda tutilmagan», - deb yozdi moliya vaziri.
Shuningdek, Jamshid Qo`chqorovning bildirishicha, ushbu mavzuda Moliya vazirligi tomonidan batafsil ma`lumot beriladi.






