1

Toshkentdagi uyidan o`lik holda topilgan italiyalik aktyor yuzasidan tafsilotlar ma`lum qilindi

Jinoyat 22.02.2020, 15:47
Toshkentdagi uyidan o`lik holda topilgan italiyalik aktyor yuzasidan tafsilotlar ma`lum qilindi

Sal avval, poytaxtning Mirobod tumanidagi ijara xonadonida Italiya fuqarosi 27 yoshli Geno Djordjo (Gheno Giorgio)ning jasadi topilganligi haqida xabar berilgan edi. Xabarlarda, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manbasiga tayangan holda, yigitning jasadi topilgani haqida 16-fevral kuni soat 23.00 da Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Geno Djordjo vaqtinchalik propiska asosida istiqomat qilgan xonadon egasi xabar qilganligi aytilgan. Qayd etilganki, voqea joyini ko`zdan kechirish davomida kirish eshigi buzilmaganligi, xonalarda buyumlar o`z joylarida turganligi, marhum zo`ravonlik bilan o`ldirilganligining izlari topilmagan. OAVning yozishlaricha, o`lim sabablari aniqlanmoqda.   

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, hozirgi vaqtda ushbu fakt bo`yicha Mirobod tumani IIO FMB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati ma`lumotlariga ko`ra, Geno Djordjo sayyoh sifatida Toshkentga joriy yilning 9-fevral kuni etib kelgan va 10-fevral kuni onlayn-xizmatlar orqali Italiya Elchixonasi vakili orqali Mirobod tumanida 30 kunga ijaraga olgan xonadonida ro`yxatdan o`tgan.

Geno Djordjo 10-fevral kunidan aloqaga chiqmagach, uning qarindoshlari Elchixonaga murojaat qilganlar. Elchixona vakillari 16-fevral kuni Geno Djordjo istiqomat qilgan xonadonga kelganlarida eshik qo`ng`irog`iga hech kim javob bermaganidan so`ng, ular xonadon egasi B.F.ni chaqirganlar. Birgalikda xonadonga kirishganida jasad topilgan.

Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining ma`lumotnomasiga ko`ra, Geno Djordjo uning jasadi topilganidan bir necha kun ilgari hayotdan ko`z yumgan. O`lim sababini aniqlash maqsadida sud tibiy ekspertiza tayinlandi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, Geno Djordjo Toshkent shahriga joriy yilning 9-fevral kuni Malayziyadan uchib kelgan.

So`rov davomida xonadon egasining so`zlariga ko`ra, joriy yilning 10-fevral kuni yigit unga mazasi bo`lmayotganligini aytgan, ammo shundan so`ng ular aloqaga chiqishmagan.

Qo`shnilarning aytishlaricha, ular B.F.ning xonadonida kimdir yashashini bilishmagan, chunki na shovqinni va na kimdir kirib-chiqqanini ko`rmaganlar.

Italiya fuqarosining o`limi fakti bo`yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1