Unga ko‘ra, 18 may kuni respublika hududining katta qismida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda esa 20–22 m/s ga yetishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32–37 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34–36 darajani tashkil etadi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22–27 daraja bo‘ladi.






