AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Termizda bo`lib o`tgan viloyat faollari yig`ilishida vohadan Oliy Majlis Senatiga saylangan senatorlar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tuman va shaharlarning to`rtta sektor rahbarlari, viloyat hokimi o`rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi To`ra Bobolov boshqarib borgan yig`ilishda Prezidentimizning joriy yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, tashkiliy masala ko`rildi. Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdisalom Xo`jaqulov Surxondaryo viloyati hokimining o`rinbosari – Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Shuningdek, boshqarma boshlig`ining Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo`yicha birinchi o`rinbosari etib hozirgacha Surxondaryo viloyati hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Mavluda Qobulova, 2019 yildan bugungi kungacha Muzrabot tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi lavozimida xizmat qilib kelgan Faxriddin Mengliev hamda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha viloyat kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan Arziqul Soatov boshqarma boshlig`ining Keksalar va faxriylarni qo`llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar