Avvalroq, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” mahallasida ko`p yillik 81 ta daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesilganligi holati bo`yicha to`plangan hujjatlar o`rganilib, aybdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar bergan edik.
Shu munosbat bilan Toshkent shahar prokuraturasida mutasaddi idoralar ishtirokida mazkur holat yuzasidan tezkor yig`ilish o`tkazildi.
Toshkent shahar prokurorining 2020 yil 23 fevraldagi buyrug`i bilan Yakkasaroy tuman prokurori N.A.Allabergenovaga o`z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmay, tumanda qonunlar ijrosi ustidan etarli prokuror nazoratini o`rnatmagani uchun “xayfsan” e`lon qilindi.






