AsosiyJinoyat

Samarqandda erkak o`zini osib o`ldirdi, cho`natigidan esa xotinining o`ligi qaerda ekanligi yozilgan xat chiqdi

'Samarqandda erkak o`zini osib o`ldirdi, cho`natigidan esa xotinining o`ligi qaerda ekanligi yozilgan xat chiqdi'ning rasmi

Samarqandlik erkak avval xotinini, so`ng esa o`zini o`ldirdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 22 fevral kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, Ko`ktepa qishlog`idagi uyda 1980 yilda tug`ilgan erkak J.G o`zini o`zi osib, joniga qasd qilgan.

Uning cho`ntagidan esa 2020 yil 17 fevral kuni Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Kimyogar mahallasi, Sayilgoh ko`chasidagi xonadonda turmush o`rtog`i, 1991 yilad tug`ilgan N.G.ni qasddan o`ldirib, ustidan qulflab ketganligi haqidagi xati chiqqan.

Mazkur xabarga asosan, yuqorida qayd etilgan xonadon ko`zdan kechirganida, N.G.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Ekspertiza xulosasida, N.G.ning tanasida “Bo`yin a`zolarining qisilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya” jarohatlari mavjudligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar