AsosiyJinoyat

Buxoroda birovning uyidan 10,6 mln so`mlik qimmatbaho buyumlarini o`margan jinoyatchilar ushlandi

'Buxoroda birovning uyidan 10,6 mln so`mlik qimmatbaho buyumlarini o`margan jinoyatchilar ushlandi'ning rasmi

2020 yilning 17 fevral kuni muqaddam sudlangan 28 yoshli J.Ya. va 33 yoshli B.S. lar muqaddam javobgarlikka tortilganliklaridan to`g`ri xulosa chiqarmasdan, o`zaro oldindan jinoiy til biriktirib, 52 yoshli Z.J.ning “Shibirg`on” mahallasida joylashgan uyiga devor orqali g`ayriqonuniy ravishda kirib, 10.660.000 so`mlik qimmatbaho buyumlarini yarishin ravishda o`g`irlab, voqea joyidan yashiringanlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov jarayonida qo`lga kiritilgan qimmatbaho buyumlarning katta qismi jabrlanuvchiga qaytarilgan. J.Ya. va B.S.larga nisbatan ayblov e`lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Dastlabki tergov davom ettirilmoqda.                                                                                                                                

 

    Boshqa yangiliklar