Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo`jaobod tuman bo`limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida byudjet mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi.
Aniqlanishicha, birlashmaning pullik xizmat bo`limi mansabdor va moddiy javobgar shaxslari 2018-2019 yillar davomida pullik xizmat bo`limiga tibbiy ko`rikdan o`tish uchun murojaat qilgan 4905 nafar fuqarolar tomonidan to`langan pul mablag`larini bo`lim g`aznasiga kirim qilmagan. Mansabdor jami 281,9 mln. so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xo`jaobod tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






