AsosiyJinoyat

Uy hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 mln. so`m pora olgan kadastri mutaxassisi qo`lga olindi

'Uy hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 mln. so`m pora olgan kadastri mutaxassisi qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo`jayli tumani bo`limi, prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, Xo`jayli tumani Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasining uy-joy mutaxassisi J.E. fuqaro K.R.ning ishonchiga kirib, uni aldab, noqonuniy qurilgan uyiga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 4 mln. so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar