Soxta pishloq savdosiga chek qo`yildi, deya xabar berdi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Unda fuqaro Sh.B. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, arzon turdagi pishloq mahsulotlarini ulgurji narxlarda xarid qilib, ushbu mahsulotlarga boshqa korxona mahsulot belgisini elimlab, 330 kg. pishloqni xaridorga sotayogan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






