Sal avval ushbu hafta o`rtasida O`zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelayotgani haqida xabar bergan edik. Ayni paytda O`zbekistoni Gidrometeorologiya xizmati Qamchiq dovonida kuchli qor yog`ishi haqida ma`lum qildi.
Keltirilishicha, 2020 yil 26-27 fevral kunlari A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`ishi kutilmoqda. Shuningdek, tuman tushib, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18-22 m gacha kuchayishi, yo`lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo`lishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.






