Yo`l xarakati qoidalarini mensimagan tegishli xujjatlarga ega bo`lmagan qoidabuzar xaydovchiga qonuniy chora ko`rildi. Uning avtomobili jarima maydoniga tortildi. U esa yo`l patrul xizmati inspektoriga pora taklif qildi.
Namangan viloyati YHXB YPXO 3-safarbarlik guruhi YPX inspektori Namangan viloyati IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda, tonggi yo`riqnomadan so`ng, taqsimot asosida Mingbuloq tumani hududiga xizmatga biriktirilganligini, shu kuni soat 13:30larda Mingbuloq tumani markazida xizmat olib borayotgan vaqtida, “Matiz” rusumli, avtomashinani to`xtatib, haydovchining hujjatlari bilan tanishmoqchi bo`lganda uning hech qanday hujjatlari yo`qligini aniqlab, xaydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. So`ngra avtomashinani jarima maydoniga olib borganida, haydovchi ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib ketish evaziga 400.000 so`m miqdoridagi pul mablag`larini pora tariqasida taklif qilayotganligini bildirib, fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Inspektorning bildirgisiga asosan IIV O`XB Namangan viloyati bo`yicha bo`limi hamda Mingbuloq tuman prokuraturasi mas`ul xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir belgilanib, xaydovchi YPX inspektoriga 400.000 so`m miqdoridagi pul mablag`larini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






