AsosiyJamiyat

O`qituvchi o`quvchining daftarini yirtib tashlaganligi bo`yicha Chilonzor tuman xalq ta`limi bo`limi munosabat bildirdi

'O`qituvchi o`quvchining daftarini yirtib tashlaganligi bo`yicha Chilonzor tuman xalq ta`limi bo`limi munosabat bildirdi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida, jumladan “Telegram” messenjeridagi kanallardan birida tarqalgan 178-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi o`qituvchisi o`quvchining daftarini yirtib tashlaganligi bo`yicha Chilonzor tuman xalq ta`limi bo`limi munosabat bildirdi.

Xabarda keltirilganidek, o`qituvchi o`quvchining daftarini (ko`chirmakashlik qilganligi uchun) yirtganligini tan olib, ota-onadan kechirim so`radi. Lekin xabarda yozilganidek, qog`oz parchalarini o`quvchining yuziga otmaganligini ma`lum qildi, sinf o`quvchilari buni tasdiqlashdi. O`z navbatida ota-ona ham o`qituvchidan uzr so`radi.

O`qituvchi dars beradigan boshqa sinf o`quvchilarining maktabga kelgan bir guruh ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning mazkur o`qituvchi haqida fikrlari olindi, fikrlarning barchasi ijobiy bo`ldi.

Ta`lim muassasasi rahbari va pedagog-xodimlarga Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi 62-sonli qarorida belgilanganidek xushmuomala, iltifotli, odobli, e`tiborli, fuqarolar, o`quvchilar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo`lishi, ularni hurmat qilishini, o`ziga bo`ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo`pollik qilmasligi, odamlarning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta`sir ko`rsatish holatlariga yo`l qo`ymasligini ta`minlashi zarurligi tushuntirildi.

Xuddi shunday O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538-son “Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan “Umumiy o`rta ta`lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom” asosida ota-onalar tomonidan saylangan maktab Kuzatuv kengashining murojaatlar bilan ishlash va jamoatchilik nazoratini o`rnatish bo`yicha o`z funksiyalarini bajarishi lozimligi tushuntirildi.

    Boshqa yangiliklar