Joriy yilning 25-26-27-28 fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumaniga olib boruvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog`” avtomobil yo`lining 33 kilometridan (Bo`stonliq tumani, “Abay” aholi yashash joyiga kirish qismidan) 54 kilometrigacha (Bo`stonliq tumani, G`azalkent shahriga kirish qismi) bo`lgan qismida soat 10:30 dan 15:00 ga qadar vaqtinchalik avtomobil harakati to`xtatiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur cheklov ushbu yo`lda velosiped sportining “Shosse” yo`nalishi bo`yicha “V.Iskandarov” xotirasiga bag`ishlangan Xalqaro turnir va musobaqa ishtirokchilarini xavfsizligini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ushbu munosabat bilan Bo`stonliq tumaniga dam olish maqsadida boruvchi va ushbu yo`ldan muntazam harakatlanuvchi haydovchilarga 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lidan (Chirchiq shahar orqali) harakatlanish tavsiya etiladi.






