Joriy yilning 5 martidan 30 apreliga qadar «Afrosiyob» yuqori xarakatlanuvchi tezyurar poezdining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi. Reys «Toshkent – Samarqand» yo`nalishida har payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Ma`lumot uchun, hozirgi vaqtda Samarqand shahri orqali uchta poezd, jumladan, tranzit poezdlar (Qarshi va Buxoro yo`nalishida) qatnaydi.
Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.






