Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo`limi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Xorazm viloyati “Er mulk kadastr” DK Urganch shahar filiali mutaxassisi Yu.M., fuqaro B.P.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning Xiva shahrida joylashgan noturar binosi hujjatlarini turar joy sifatida rasmiylashtirib berishi evaziga 400 AQSh dollari talab qilib, shundan, 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yu.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.






