AsosiyJinoyat

Navoiyda bir vaqtning o`zida ikki o`g`irlik aniqlandi

'Navoiyda bir vaqtning o`zida ikki o`g`irlik aniqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ,,Obod qishloq, xavfsiz mahalla” deb ilgari surilayotgan atama bugungi kunda o`z isbotini topmoqda.  22 fevral kuni ertalabki soat 08:15 da Navoiy viloyati Xatirchi tumani IIB navbatchilik qismiga Xatirchi tumanida joylashgan Xo`jaqo`rg`on mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi T.I yashash xonadonidan qiymati 2.000.000 so`mlik suv chiqarish agregati (nasos) o`g`irlab ketilganligi to`g`risida tezkor chaqiruv xabari kelib tushdi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bir guruh IIB xodimlari, hudud profilaktika inspektori va uning jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchilari tomonidan tezkor profilaktik tadbirlar o`tkazilib, tadbir davomida profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchisi Sh.Rajabov tomonidan ushbu jinoyatni qilgan shaxslar aniqlanib, jinoyat ishi ochildi. 

Jinoyatni sodir etgan 1998 yilda tug`ilgan D.K va 2004 yilda tug`ilgan voyaga etmagan R.F lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Shuningdek, tergov surishtiruvlar natijasida shu yilning 16 fevral kuni Xatirchi tumani Xo`jaqo`rg`on MFYda yashovchi fuqarolar F.D, S.R, D.K hamda voyaga etmagan R.F tomonidan jinoiy til biriktirilib shu tumandagi Miyonqol MFYda yashovchi F.Ortiqovni xonadonidan jami 950.000 so`mlik fosforli o`g`itni o`g`irlab chiqib sotmoqchi bo`lib yurgan vaqtida 23 fevral kuni daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi.

Tergov surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha ushbu fuqarolar tomonidan til biriktirib jinoiy sherikchilik tuzgan holda hamqishlog`i B.Shomurodov xonadonidan qo`ylarini va shu maxalla hududida joylashgan Berdimurodov Rizoqul fermer xo`jaligi dala shiyponida joylashgan omborxonasidan g`alla o`g`irlashni rejalashtirayotganligi aniqlanib 2 ta jinoyatni oldi barvaqt olindi.

Ushbu jinoyatni ochishda va aniqlashda profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchisi Sh.Rajabov faol ishtirok etib hamkasblari orasida o`rnak bo`lib, o`z burchini sidqi dildan ado etdi. Shuni mamnuniyat bilan aytamizki, profilaktika inspektori yordamchilari lavozimi tashkil qilinganiga bir yil to`lmasdan bu o`z samarasini berishni boshladi.

    Boshqa yangiliklar