1

AQShlik mashxur kardiolog Bill Novik Toshkentga keladi

Salomatlik 17.03.2015, 15:04
AQShlik mashxur kardiolog Bill Novik Toshkentga keladi

Shu yili AQShlik mashxur kardiolog Bill Novik “Bola yuragi” xalqaro fondi bilan birgalikda O`zbekistonga kelishi kutilmoqda. Ushbu tashrif chog`ida xalqaro fondning O`zbekiston bilan aloqalarini mustahkamlash va hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashish ko`zda tutilgan. Bu haqda ria.ru xabar bermoqda.

Bill Novik 30 kunlikkacha bo`lgan chaqaloqlar yuragi ustida jarrohlik amaliyotini o`tkazuvchi dunyodagi bir necha kardiolog jarrohlarning biri sanaladi. U AQShdagi eng yaxshi yurak jarrohi bo`lish bilan birgalikda turli davlat mukofotlari laureati hamda chet mamlakatlar mukofotlariga sazovor bo`lgan shifokordir. Uning tashrifidan ko`zlangan yana bir maqsad o`z bilimlari bilan o`rtoqlashish va hamkasblarining tajribasini oshirishga yordam berishdan iborat.

“Bola yuragi” xalqaro fondi 1994 yili Bill Novik tomonidan tashkil etilgan bo`lib, ushbu fond ayni damda dunyoning 33 davlati bilan hamkorlikda ishlaydi. Aytish lozimki, fond dunyoda yurak kasalliklari ko`p uchrovchi aksariyat mamlakatlarda mavjud.  20 yillik faoliyatlari davomida yurak jarrohi Bill Novik va uning hamkasblari 7000 dan ortiq murakkab va o`ta murakkab jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1