21 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Damaschilarda yangi modami bu led qo`yib migalka qilish? Qatorasiga 2 tasida shunaqa faqat yonib tursa indamagan edik, endi bunisi oshib tushdi. Rosa ko`zni olar ekan” sarlavhali videotasvir e`lon qilingan edi.
Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, Yakkabog` tumani Jaychi mahallasida yashovchi 29 yoshli Fazliddinov Bobur 23 fevralda IIB YPX inspektori katta serjant G`.Egamnazarov tomonidan "Damas" avtomashinasini xavfsizlik kamarini taqmasdan kelayotganligi sabab to`xtatiladi. Tekshirilganda avtomashina old o`rindig`ida 12 yoshga to`lmagan yosh bolani qarovsiz holda mindirib olgani hamda avtomashina old chiroqlariga ishlab chiqaruvchi korxona nazarda tutmagan yorituvchi qurilmalarni o`rnatib foydalanib kelganligi holati aniqlangan. Shu sababli, MJtKning 125-moddasi 1-qismi, 128-moddasi va 127-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlik holatlari bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yakkabog` tumani “Oqtosh” MFY Qaldirg`och ko`chasida yashovchi 48 yoshli Ahmedov Yuldoshga nisbatan ham 23 fevralda katta serjant G`.Egamnazarov tomonidan o`z avtomashinasini kamar taqmasdan boshqarganligi uchun to`xtatiladi. Tekshirilganda avtomashina old chiroqlariga ishlab chiqaruvchi korxona nazarda tutmagan yorituvchi qurilmalarni o`rnatib foydalanib kelganligi ham aniqlanadi.
Shu sababli, MJtKning 125-moddasi 1-qismi va 127-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlik holatlari bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






