2020 yil 21 fevral kuni soat 09.00 larda G`ijduvon tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan ayol T.Z jamoat joyi hisoblangan “G`ijduvon tuman dehqon bozori”da o`z xizmat vazifasini bajarib turgan, ushbu bozor ma`muriyati xodimi, shu tumanda yashovchi, 1961 yilda tug`ilgan S.V.ning fuqaro T.Z noqonuniy qurgan savdo do`konini bozor hududidan chiqarishi kerakligi to`g`risidagi qonuniy talabini bajarmagan.
Bozor hududidagi fuqarolar oldida S.V.ni nojo`ya so`zlar bilan haqoratlab, qo`llari bilan tanasining turli joylaridan qasddan bir necha marotaba urib, unga engil shikast etkazgan holda bezorilik jinoyatini sodir qilganligini aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan T.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






