Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi Qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga Ishmetov Timur Amindjanovich tayinlandi.
Ishmetov T.A. 1979 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va xuquqshunos mutaxassisliklariga ega.
2017-2019 yillarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o`rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko`rsatib kelgan.
Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi moliya vaziri birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ishmetov T.A. pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashdagi rolini, xalqaro rezervlar va davlat aktivlari hamda investisiyalarni boshqarishning asosiy tamoyillarini, shuningdek moliyaviy bozorlarni rivojlantirishning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan salohiyatli mutaxassis.






